САЙТ ЗАБЛОКИРОВАН ПО РЕШЕНИЮ СУДА.
Xayirli tong, Гость!
Bugun: 27.04.2024
Soat: 15:25
Вход Регистрация
Tasodifiy Maqola : "QONXO'R TIKONLAR" (3-QSIM)
Derik xozir xazilni vaqti emas dedi. Qorquv oxagda. Tom ularni jidiy oxagda gapiryotkani sezdi-bobti... davomi
Библиотека | Qiziqarli faktlar

Choy nimasi bilan zarar: olimlarning 6 ta kutilmagan xulosasi

Тэги:hikoya su | hikoya 18 | kerakli maqola | xikoyalar | hikoyasu | 18
Добавил:DENTER (01.09.2022 / 23:31)
Рейтинг:rating 2028 article (1)
Прочтений:2638
Комментарии:0
Choyning foydali jihatlariga hech kim shubha qilmaydi: ming yillar davomida ushbu qaynoq ichimlikni isteʼmol qilib kelayotgan milliardlab osiyoliklar xato qilishmaydi. Choy chanqoqni bosadi va tetiklik hissini beradi. Xolesterin darajasini pasaytirib, yurak qon-tomir faoliyatini normallashtiradi, qarish jarayonini sekinlashtiradi va hatto kishini aqlliroq qiladi.

Biroq foydali jihatlarning koʻpligi uning zararini inkor etmaydi.

Qaynoq choy qon ketishlarga sabab boʻlishi mumkin

Britaniyalik otolaringolog va plastik jarroh Genri Sharp qaynoq choy tomoq-burun tomirlariga salbiy taʼsir qilishi mumkinligini aniqlagan. Piyoladan chiqayotgan bugʻ ularni kengayishga majbur qiladi va burundan qon ketishiga sabab boʻladi.

Har qanday holatda ham ichimlik uchun optimal harorat 50-60 daraja sanaladi. Buning uchun choy damlangach, 5-7 daqiqa xona haroratida qoldirish kerak.

Achchiq choy tish va suyaklarga salbiy taʼsir koʻrsatadi

The New England Journal of Medicine oʻta achchiq choy ichgan kishilarga oid maʼlumotlar bilan boʻlishgan. 47 yoshli bir ayol 17 yil davomida 100-150 paketchadagi choydan damlangan ichimlikni ichgan. Natijada tish va suyaklar oʻta moʻrtlashib qolgan. Bunga achchiq choy tarkibidagi ftorning suyaklarda toʻplanishi ham sabab boʻladi.

Parhezshunoslar kuniga 4-5 piyoladan ortiq choy ichmaslikni tavsiya qilishadi.

Choy tarkibida ogʻir metallar boʻlishi mumkin

2013 yilda Kanadaning Journal of Toxicology jurnali sayyoraning turli mintaqalaridagi paketchali choylar namunalarining koʻplab miqdori ustida oʻtkazilgan tadqiqot natijalarini eʼlon qildi.

Toksikologlar namunalarda qoʻrgʻoshin, alyuminiy, margimush, kadmiy kabi metallarni topishgan. Metallar choy barglariga tuproqning ifloslangani sabab tushishi taxmin qilingan: koʻpincha choy plantatsiyalari ekologik boʻlmagan elektrostansiyalar yaqinida joylashadi.

Metallarning ichimlikdagi miqdori damlash vaqti bilan bogʻliq. Agar paketcha 15-17 daqiqa davomida suvda boʻlsa, zaharli moddalar xavfli darajaga koʻtariladi.

Olimlar choy qancha uzoq damlansa, undagi turli zaharli moddalar bargdan suvga yuvilib tushadi, degan xulosaga kelishgan. Shuning uchun ichimlikni 3 daqiqadan ortiq tindirib boʻlmaydi.

Yana bir usuli oq choy ichish. Uning barglari ogʻir metallarning katta dozasini oʻzida toʻplab ulgurmasidan avval erta uzib olinadi.
Baʼzida choy jigar uchun zarar

Oʻtli choylar oʻzida ayrim gullaydigan oʻsimliklar ajratadigan pirrolizidin alkaloidlarni toʻplaydi.

Bu organizmga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Uning asosiy nishoni – jigar.

Umuman olganda, organizmga taʼsir qiluvchi toksinlar dozasi katta odam uchun deyarli xavfsiz. Koʻkrak suti bilan oziqlanadigan bolalar, shuningdek homiladorlar uchun vaziyat oʻzgacha. Vaznining ozligi sabab homila onasi orqali tushayotgan toksinlarga taʼsirchan boʻladi.

Ovqatdan soʻng isteʼmol qilingan choy temir moddasi yetishmovchiligini keltirib chiqaradi

2011 yil Kaliforniya universitetida oʻtkazilgan tadqiqotlar choy ovqat bilan organizmga tushayotgan temir moddasi yaxshi oʻzlashtirilishiga yoʻl qoʻymasligini aniqlashgan.

Shuning uchun shifokorlar nonushta, tushlik va kechki ovqat vaqtida choy ichmaslikni tavsiya etadilar. Choy ovqat isteʼmolidan keyin 20 daqiqa oʻtgach ichilishi kerak.

Choy uyqusizlikni keltirib chiqaradi

Bunga choy tarkibidagi kofein va ifor beruvchi moddalar aybdor. Ichimlikning tetiklantiruvchi effekti fiziologik asosga ega: puls, qon aylanishi tezlashadi, buyrak usti koʻproq adrenalin ajratadi. Tongda va ish kuni davomida ichilgan choy haqiqiy topilmaning oʻzginasi.

Kechki payt esa choy uyquni qochirib yuborishi mumkin. Agar choy ichgingiz kelayotgan boʻlsa, giyohli choylar bilan cheklangan maʼqul.
Скачать txt | fb2
На главную
Онлайн: 0 / 56

Sex Uzbek hikoya, секс хикоялар, Узбечка секс хикоя, seks hikoya, uz, xikoya, seks uz, seks uzbek, erotik hikoyalar, seks hikoyalar, erotik xikoyalar, seks xikoyalar, ehtirosli xikoyalar, extirosli hikoyalar, UZBXXX, yangi erotik sex hikoyalar 2024, уз секс 2024 хикоялар, порно узбек, Uzbekcha pornolar, sex xikoya uz.

© HIKOYALAR.SU Uzbekcha Seks Xikoya!